Milliy qonunchilik testlari
Onlayn test: mashq rejimida har javobdan keyin ✓ To'g'ri yoki ✕ Noto'g'ri ko'rasiz, imtihon rejimida — vaqt bilan va yakunda ball. Xatolar alohida saqlanadi, ularni qayta ishlash mumkin.
Bu mustaqil tayyorgarlik platformasi, rasmiy imtihon emas. Javoblar rasmiy kalit hisoblanmaydi.
343 savol
Namuna savollar
To'g'ri javobni ko'rish uchun testni boshlang.
1.Davlat hokimiyatining oliy vakillik organi yoki bevosita xalq tomonidan qabul qilinadigan, muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik hujjat qaysi?
- AYo‘riqnoma
- BBayonnoma
- CQonun
- DFarmoyish
2.Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining qaysi guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi?
- ABarcha guruhlarga
- BSiyosiy guruhga
- CBoshqaruv guruhiga
- DYordamchi guruhga
3.Fuqaroning shikoyati qanoatlantirilgach, davlat organi unga qonun buzilishi tufayli etkazilgan zararni to'ladi. «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi Qonunga ko'ra organ to'langan mablag'ni kimdan undirishi mumkin?
- AMurojaatchidan
- BAybdor shaxsdan regress tartibida
- CYuqori turuvchi organdan
- DDavlat byudjetidan qo'shimcha mablag sifatida
4.Davlat fuqarolik xizmatining bo‘sh turgan (vakant) lavozimini egallash uchun o‘tkaziladigan ichki tanlovlarda kimlar ishtirok etishi mumkin?
- AMalakasidan qat’i nazar barcha shaxslar
- BFaqat davlat fuqarolik xizmatchilari
- CFaqat chet el fuqarolari
- DFaqat talabalar
5.Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat kim tomonidan amalga oshiriladi?
- AFaqat Markaziy bank
- BFaqat mahalla raisi
- CFaqat soliq organlari
- DKadrlar bo‘linmalari yoki odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi
Baholar va izohlar
Ma'lumotlar yuklanmoqda…