Javob bor
Davlat tili

Til va uslub mashqi testlari

Onlayn test: mashq rejimida har javobdan keyin ✓ To'g'ri yoki ✕ Noto'g'ri ko'rasiz, imtihon rejimida — vaqt bilan va yakunda ball. Xatolar alohida saqlanadi, ularni qayta ishlash mumkin.

Bu mustaqil tayyorgarlik platformasi, rasmiy imtihon emas. Javoblar rasmiy kalit hisoblanmaydi.

19 savol

Testni boshlash

Namuna savollar

To'g'ri javobni ko'rish uchun testni boshlang.

  1. 1.Qaysi javobda so'z qo'llash bilan bog'liq xatolik mavjud emas?

    • AKatta yoshdagi inson qalbi o'rta hisobda kuniga 100000 martacha uradi.
    • BAlisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida dunyoga keldi.
    • CMuzdekkina kunlar boshlanishi bilan qushlar janubga uchib keta boshlaydi
    • DKechagi tashlandiq yer o'rnida kattagina gulzor olamga keldi.
  2. 2.Ushbu gap qaysi nutq uslubiga xosligini aniqlang. “Hoy, Adolat, o‘zizzi ja bilimdon sanavorasizki…Nima u yomon bo‘lsin, deptimi?”

    • Apublitsistik uslub
    • Bso‘zlashuv uslubi
    • Cbadiiy uslub
    • Dilmiy uslub
  3. 3.“qo‘ymoq” so‘zi qaysi javobda duchor qilmoq, yo‘liqtirmoq ma’nosida qo‘llangan?

    • ABuvijoningga gap qaytarib, bizni xijolatga qo‘yibsan, bolam.
    • BQizini bog‘chaga qo‘yib, o‘zi shoshilgancha ishga ketdi.
    • CTo‘g‘on boshiga borishni ertaga qo‘yib, tuman markaziga ketdi.
    • DBu masalani kun tartibiga qo‘yib bahamjihat ko‘rib chiqamiz.
  4. 4.Qaysi javobda nuqtalar o'rniga “u” unlisi qo'yiladi?

    • Auchq…n, kuy…nchak
    • Bshuk…r, etm…sh
    • Ctush…ncha, mumk…n
    • Dkut…lgan, uyush…q
  5. 5.“Ilm ze…nimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qiladi, savobni guno…dan, …alolni …aromdan ajratib beradi”. Berilgan parchada nechta so‘z tarkibida nuqtalar o‘rnida “h” qo‘llanadi?

    • A3
    • B4
    • C1
    • D2

Baholar va izohlar

Ma'lumotlar yuklanmoqda…

Boshqa bo'limlar