Javob bor
Surishtiruvchi

Dalillar va isbotlash testlari

Onlayn test: mashq rejimida har javobdan keyin ✓ To'g'ri yoki ✕ Noto'g'ri ko'rasiz, imtihon rejimida — vaqt bilan va yakunda ball. Xatolar alohida saqlanadi, ularni qayta ishlash mumkin.

Bu mustaqil tayyorgarlik platformasi, rasmiy imtihon emas. Javoblar rasmiy kalit hisoblanmaydi.

65 savol

Testni boshlash

Namuna savollar

To'g'ri javobni ko'rish uchun testni boshlang.

  1. 1.Jinoyat ishida qaysi holatda dalil olish bo'yicha protsessual harakat bunga huquqi bo'lmagan shaxs tomonidan bajarilgan hisoblanadi?

    • ATergovga qadar tekshiruv organi tergovchining yozma topshirig'i bilan dalil olganda
    • BIshni belgilangan tartibda o'z yurituviga qabul qilgan tergovchi dalil olganda
    • CTergov guruhiga kiritilgan tergovchi o'z topshirig'i doirasida dalil olganda
    • DIshni o'z yurituviga qabul qilmagan va tergov guruhiga kiritilmagan tergovchi dalil olganda
  2. 2.Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish qaysi jinoyatlar bo'yicha videoyozuv orqali qayd etilishi shart?

    • AIjtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar bo'yicha
    • BO'ta og'ir jinoyatlar bo'yicha
    • CUncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar bo'yicha
    • DOg'ir jinoyatlar bo'yicha
  3. 3.Gumon qilinuvchining surishtiruv va dastlabki tergov davrida guvoh sifatida so'roq qilinganda bergan ko'rsatuvi qanday holda maqbul emas deb topiladi?

    • ASud majlisida boshqa dalillar bilan tasdiqlangan holda
    • BSud majlisida undan voz kechish bildirilmagan holda
    • CSud majlisida bu ko'rsatuv o'qib eshittirilgan holda
    • DSud majlisida boshqa dalillar bilan tasdiqlanmagan holda
  4. 4.Jinoyat-protsessual kodeksiga ko'ra javobgarlikka tortish muddati o'tgan bo'lsa-da, ayblanuvchi talabiga ko'ra davom ettirilgan ishda hukm qilish uchun asoslar mavjud bo'lsa, qanday hukm chiqariladi?

    • AIshni tugatish to'g'risida ajrim
    • BAyblov hukmi jazo tayinlanib
    • CAyblov hukmi jazo tayinlanmasdan
    • DOqlov hukmi
  5. 5.Tergov harakati bayonnomasi bilan tanishtirilgan shaxslar imzoni qaerga chekadi?

    • ABayonnomaning birinchi sahifasiga
    • BBayonnomaning oxiriga
    • CBayonnomaning har bir sahifasi ostiga va uning oxiriga
    • DBayonnomaga ilova qilingan ilovaga

Baholar va izohlar

Ma'lumotlar yuklanmoqda…

Boshqa bo'limlar