Shaxsga doir ma'lumotlar va kiberxavfsizlik testlari
Onlayn test: mashq rejimida har javobdan keyin ✓ To'g'ri yoki ✕ Noto'g'ri ko'rasiz, imtihon rejimida — vaqt bilan va yakunda ball. Xatolar alohida saqlanadi, ularni qayta ishlash mumkin.
Bu mustaqil tayyorgarlik platformasi, rasmiy imtihon emas. Javoblar rasmiy kalit hisoblanmaydi.
79 savol
Namuna savollar
To'g'ri javobni ko'rish uchun testni boshlang.
1.«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonunga ko'ra, shaxsga doir ma'lumotlar bazasiga kiritilishi mumkin bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlarning hajmini kim belgilaydi?
- AMa'lumotlar bazasining operatori
- BVakolatli davlat organi
- CMa'lumotlar bazasining mulkdori
- DSub'ekt
2.«Kiberxavfsizlik to'g'risida»gi Qonunga ko'ra, kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talablari (ko'rsatmalari) qanday kuchga ega?
- AProkuror roziligi bilangina majburiy
- BSud tasdiqlagandan keyingina majburiy
- CUlar tavsiya xususiyatiga ega
- DUlarni bajarish majburiy
3.«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonunga ko'ra, voyaga etmagan sub'ektning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish uchun ota-onalari (vasiylari, homiylari) yo'q bo'lsa, rozilikni kim beradi?
- AIchki ishlar organlari
- BVasiylik va homiylik organlari
- CSub'ekt tahsil olayotgan ta'lim muassasasi
- DSub'ekt yashaydigan fuqarolar yig'ini
4.«Kiberxavfsizlik to'g'risida»gi Qonunga ko'ra, davlat organlari va muhim axborot infratuzilmasi ob'ektlari axborot tizimlari ma'lumotlarining zaxira nusxalari saqlanish muddati qanday bo'lishi kerak?
- AOxirgi uch oydan kam bo'lmasligi kerak
- BOxirgi bir oydan kam bo'lmasligi kerak
- COxirgi ikki haftadan kam bo'lmasligi kerak
- DOxirgi o'n kundan kam bo'lmasligi kerak
5.«Kiberxavfsizlik to'g'risida»gi Qonunga ko'ra, kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi qaysi organ?
- ABosh prokuratura
- BDavlat xavfsizlik xizmati
- CMudofaa vazirligi
- DIchki ishlar vazirligi
Baholar va izohlar
Ma'lumotlar yuklanmoqda…