Sud ishlarini yuritish asoslari testlari
Onlayn test: mashq rejimida har javobdan keyin ✓ To'g'ri yoki ✕ Noto'g'ri ko'rasiz, imtihon rejimida — vaqt bilan va yakunda ball. Xatolar alohida saqlanadi, ularni qayta ishlash mumkin.
Bu mustaqil tayyorgarlik platformasi, rasmiy imtihon emas. Javoblar rasmiy kalit hisoblanmaydi.
285 savol
Namuna savollar
To'g'ri javobni ko'rish uchun testni boshlang.
1.Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs bilan nikohni bekor qilish da'vosi da'vogarning xohishiga ko'ra uning yashash joyidagi sudda ko'rilishi uchun ozodlikdan mahrum etish muddati kamida qancha bo'lishi kerak?
- ABir yil
- BBesh yil
- CUch yil
- DIkki yil
2.Iqtisodiy ish hay'at tarkibida ko'rilayotganda majlisda raislik qiluvchi sud'ya qaysi navbatda ovoz beradi?
- Ahammadan keyin
- Bikkinchi navbatda
- Chammadan oldin
- Dovoz bermaydi, natijani e'lon qiladi
3.Iqtisodiy sud ishida nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs qanday tartibda ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin?
- AProkuror arizasiga ko'ra, tarafning iltimosnomasiga ko'ra emas
- BTarafning iltimosnomasiga ko'ra, sudning tashabbusiga ko'ra emas
- CSudning tashabbusiga ko'ra, tarafning iltimosnomasiga ko'ra emas
- DTarafning iltimosnomasiga yoki sudning tashabbusiga ko'ra
4.O'zaro bog'liq bo'lgan, ba'zilari fuqarolik ishlari bo'yicha sudga, ba'zilari ma'muriy sudga taalluqli bo'lgan talablarni birlashtirish mumkinmi?
- ADa'vogar xohishiga ko'ra birlashtiriladi
- BBirlashtirishga yo'l qo'yilmaydi
- CBirlashtirilib, fuqarolik ishlari bo'yicha sudda ko'riladi
- DBirlashtirilib, ma'muriy sudda ko'riladi
5.Yo'lovchi yoki yuk tashish shartnomasidan kelib chiqadigan iqtisodiy da'vo tashuvchiga nisbatan qaysi sudga taqdim etiladi?
- AYuk etkazilishi lozim bo'lgan erdagi sudga
- BYuk jo'natilgan erdagi sudga
- CTransport tashkilotining organi joylashgan erdagi sudga
- DDa'vogar joylashgan erdagi sudga
Baholar va izohlar
Ma'lumotlar yuklanmoqda…