Mediator etikasi va javobgarligi testlari
Onlayn test: mashq rejimida har javobdan keyin ✓ To'g'ri yoki ✕ Noto'g'ri ko'rasiz, imtihon rejimida — vaqt bilan va yakunda ball. Xatolar alohida saqlanadi, ularni qayta ishlash mumkin.
Bu mustaqil tayyorgarlik platformasi, rasmiy imtihon emas. Javoblar rasmiy kalit hisoblanmaydi.
15 savol
Namuna savollar
To'g'ri javobni ko'rish uchun testni boshlang.
1.Mediatorning kasb etikasi qoidalariga ko'ra mediator taraflarga mediatsiyaning maqsadi hamda ularning huquq va majburiyatlarini qachon tushuntirishi kerak?
- AMediatsiya boshlanguniga qadar
- BMediativ kelishuv imzolanganidan keyin
- CTaraflar yozma so'rov yuborganidan keyin
- DMediatsiya yakunlangandan keyin
2.Mustaqillik va xolislik printsipiga ko'ra mediator taraflardan biri bilan shaxsiy yoki xizmat munosabatlariga kirishi mumkinmi?
- AMediativ kelishuv tuzilguniga qadar kirishi mumkin
- BAdliya organiga xabar bersa, kirishi mumkin
- CBunday munosabatlarga kirishmasligi kerak
- DIkkinchi tarafga xabar bersa, kirishi mumkin
3.Mustaqillik va xolislik printsipiga ko'ra mediator o'zining to'liq mustaqil va xolis bo'la olishiga ishonch hosil qilgan bo'lsa, mediatsiyani boshlash yoki davom ettirish uchun yana kimning roziligi kerak?
- AHududiy adliya organining
- BMediatsiya taraflarining
- CMalaka komissiyasining
- DNizoni yuborgan sudning
4.Mediator Mediatorlar reestriga kirish uchun hududiy adliya organiga ariza taqdim etganda nimalar bilan tanishganligini tasdiqlashi kerak?
- AMediatsiyaga oid qonunchilik hujjatlari va kasb etikasi qoidalari
- BSud ajrimlari va mediativ kelishuvlarning ijro hujjatlari
- CMalaka komissiyasi qarorlari va Oliy malaka komissiyasi bayonnomalari
- DMediatsiya taraflari ro'yxati va mediativ kelishuvlar namunalari
5.Maxfiylik printsipiga ko'ra mediator taraflarning o'ziga murojaat qilganligi faktini oshkor qilishi mumkinmi?
- AOshkor qilishi mumkin emas
- BMediatsiya yakunlangandan keyin oshkor qilishi mumkin
- CMurojaat qilganlar ismini yashirsa, oshkor qilishi mumkin
- DMediativ kelishuv tuzilgan bo'lsa, oshkor qilishi mumkin
Baholar va izohlar
Ma'lumotlar yuklanmoqda…